"Yuventus" "Manchester Siti"dan hujumchi sotib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1350

«Yuventus» «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, hujumchi Jastin Oboavvoduo bilan shartnoma tuzish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Avvaliga 19 yoshli Jastin «Yuventus»ning U23 jamoasida o'ynaydi, keyin esa bosqichma-bosqich asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb qilinadi. Avvalroq turinliklar «Bavariya» yoshlar jamoasidan Adin Lichina bilan ham shartnoma bo'yicha kelishib olgan edi.
Oboavvoduo joriy mavsumda «Manchester Siti» yoshlar jamoasi safida 18 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Nigeriya ildizlariga ega futbolchi Angliyaning barcha yoshlar terma jamoalarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
434