"Atletiko"ning bu transfer rejasi amalga oshmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1076

"Portu" Gabriel Veygani "Atletiko"ga qo'yib yubormadi.
Madrid klubi so'nggi 24 soat ichida 23 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishib olishga harakat qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Kelishuv amalga oshmadi, chunki "Portu" ispaniyalik futbolchini asosiy o'yinchi sifatida ko'radi va bunday muzokaralar uchun vaqt juda kam.
Veyga iyun oyida "Al Ahli"dan Portugaliya jamoasiga o'tgan edi. U joriy mavsum Portugaliya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
433