Konate Virtsning "Nyukasl"ga qarshi o'yinini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 981

«Liverpul»ning markaziy himoyachisi Ibraima Konate yarim himoyachi Florian Virtsning o'yini haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda (4:1) Konate va Virts bittadan gol urdi, yana ikki bor Ugo Ekitike o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Shuningdek, Virts frantsuz hujumchisiga golli pas ham berdi.
«Florian uchun juda xursandman. U hozirgina o'z darajasini butun dunyoga ko'rsatdi. Menimcha, u hali «Liverpul»dagi eng yuqori cho'qqisiga chiqqani yo'q, lekin bu yaqin vaqtda bo'ladi», — deya Konatening so'zlarini keltiradi The Touchline.
Florian Virts «Bayer»dan ko'chib o'tganidan so'ng «Liverpul»dagi ilk mavsumini o'tkazmoqda. 22 yoshli futbolchi uchun ingliz klubi 125 million evro to'lagan.

Bosh sahifaga
435