Yamal hozirda Evropaning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 777

Lamin Yamal so'nggi o'yinlarda «Barselona» safida ajoyib formaga kirdi. Shanba kuni 18 yoshli vinger «Elche»ga qarshi bahsda (3:1) yorqin o'ynadi va gol muallifiga aylandi. Ayni paytda u WhoScored portali baholariga ko'ra Evropa beshta etakchi chempionatidagi eng yaxshi futbolchilar reytingida o'rtacha baho (8,43) bilan etakchilik qilmoqda. Yamal «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn (8,22) va Madridning «Real» klubi futbolchisi Kilian Mbappeni (8,08) ortda qoldirdi.
Joriy La Liga mavsumida Lamin Yamal 18 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Xans-Diter Flik jamoasi chempionat jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va «Real»ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
435