Kundening jarohati jiddiymi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

«Barselona»ning o'ng qanot himoyachisi Jyul Kunde majburiy almashtirishdan keyin o'z holati haqida fikr bildirdi.
27 yoshli futbolchi shanba kuni La Liganing «Elche»ga qarshi o'yinida 84-daqiqada almashtirildi. Uchrashuvdan keyin stadionni tark etayotgan frantsuzdan jarohat qay darajada jiddiy ekani so'raldi. U qisqacha javob berdi:
«Men yaxshiman! Hammasi joyida!» — deya uning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Xans-Diter Flik shogirdlari «Elche» ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. «Barselona» safida gollarni Lamin Yamal, Ferran Torres va Markus Reshford urdi.
Katalon jamoasining navbatdagi uchrashuvi 3 fevral kuni bo'lib o'tadi — Ispaniya Kubogi chorak finalida «Albasete»ga qarshi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360