"Fulxem" murabbiyi: "Atmosfera ajoyib bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 556

Londonning "Fulxem" klubi bosh murabbiyi Marku Silva APLning 24-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" klubiga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida chiqish qildi. Uchrashuv 1 fevral kuni bo'lib o'tadi.
"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlar har doim o'ziga xos va murakkab o'yinlardir. "Old Trafford"da bundan ham qiyinroq bo'lsa kerak. Atmosfera, albatta, ajoyib bo'ladi, bizga bunday chaqiriqlar yoqadi, bu biz uchun ajoyib sinov bo'ladi. Bunday joyda motivatsiyaga to'la jamoaga qarshi o'zimizni sinab ko'rish biz uchun katta yutuq bo'ladi", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi klub sayti.
"MYu" 38 ochko bilan 6-o'rinda, "Fulxem" 34 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276