"Milan" "Chelsi" himoyachisi transferidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529

«Milan» «Chelsi» himoyachisi Aksel Disasini tarkibiga qo'shib olishdan voz kechdi.
Avvalroq «rossonerilar» 27 yoshli frantsuz futbolchisini transfer qilish bo'yicha londonliklar bilan muzokara boshlagani haqida xabarlar chiqqan edi. Ammo jurnalist Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, italiyaliklar Disasi bo'yicha muzokaralarni davom ettirish niyatida emas.
Disasi nomzodi «Milan»ga taklif qilingan, biroq klub futbolchini baholab, yozda sotib olingan himoyachi Koni de Vinterga ko'proq ishonishga qaror qilgan.
Aksel Disasi joriy mavsumda biror o'yinda maydonga tushmagan. U so'nggi bor 2025 yil aprelida, «Aston Villa»da ijara asosida to'p surgan paytida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275