"Real" yozgi transfer rejalarini aniqlab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida bir nechta futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Diario AS xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" avvalo himoya chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Klub yozda kamida bitta yoki ikkita markaziy himoyachini tarkibga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, markaziy yarim himoyachi transferi ham rejada bor.
Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati jadvalida 21 turdan keyin 51 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan 4 ochko ortda qolmoqda, biroq zaxirada o'yini bor. Bugun, 1 fevral kuni, «Real» o'z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292