"PSJ" "Real" qiziqish bildirayotgan Vitinyaning kelajagini aniqlashtirib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Madridning «Real» klubi «PSJ» yarim himoyachisi Vitinyaga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Jaamel ma'lumotiga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike va klub rahbariyati portugaliyalik futbolchini sotilmaydigan o'yinchi deb hisoblaydi. Vitinyaning o'zi ham Parijdagi hayotdan va «PSJ» loyihasidan mamnun, shuning uchun jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.
Vitinya 2022 yilda «Portu»dan «PSJ»ga 41 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatma qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276