Karvaxalning "Real"dagi kelajagi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Himoyachi Daniel Karvaxal katta ehtimol bilan «Real»dagi faoliyatini davom ettiradi.
Diario AS xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi madridliklar bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Biroq klub «qaymoqranglilar» safida uning joriy holatini to'liq baholashi uchun Karvaxal maydonga tez-tez tushib turishi kerak.
Daniel Karvaxal — «Real» tarbiyalanuvchisi. U faqat 2012/13 mavsumida «Bayer»da to'p surgan, keyin esa 6 million evro evaziga ortga qaytarib olingan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 10 ta o'yin o'tkazdi. Hozirda himoyachi oktyabr oxirida olgan tizza jarohatidan tiklanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275