"Zenit"ning sobiq hujumchisi "Napoli"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3975

"Sanderlend" forvardi Vilson Izidor faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, 25 yoshli futbolchining xizmatlarini "Napoli" taklif qilgan. Hujumchi transferiga "Everton", "Beshiktosh" va "Nottingem Forest" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Vilson Izidor 2025 yilda olti million evro evaziga "Zenit"dan "Sanderlend"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda frantsuz "qora mushuklar" safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306