Jan-Filipp Mateta "Milan"ga o'tishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 565

"Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta "Milan"ga o'tishga rozi bo'ldi.
Avvalroq, klublar Frantsiya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisini 30 million evroga transfer qilishga kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
The Times xabariga ko'ra, futbolchi "rossonerilar" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomani kelishib olgan. 30 mln evrolik transfer summasi bonuslarni ham o'z ichiga oladi.
Mateta yakshanba kuni "Nottingem Forest"ga qarshi o'yin uchun "Pelas" tarkibiga kiritilmadi, jamoa Mateta uchun avvalroq 35 mln funt taklif qilgandi.
Qayd etilishicha, Matetaning milanliklar safiga qo'shilishi hujumchi Kristofer Nkunkuning ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Jan-Filip 2021 yildan beri "Pelas" safida 186 ta o'yinda 56 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
376