Estevao «Chelsi» bazasini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 711

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor hujumchi Estevao klub bazasini tark etganini ma'lum qildi. Bu shaxsiy sabablar bilan bog'liq.
«Afsuski, shaxsiy sabablarga ko'ra Estevao Braziliyaga qaytishiga to'g'ri keldi. Hozirda barcha fikr va qo'llab-quvvatlashim u va uning oilasi bilan. Uning ahvoli yaxshi bo'lishini umid qilaman», — dedi Rosenor «Chelsi» matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Estevao 2025 yilda «Palmeyras»dan «Chelsi»ga 45 mln evro evaziga o'tgan. Joriy mavsumda u 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275