«Yuventus» «Bavariya» iqtidori uchun kurashda g'olib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54

Italiyaning «Yuventus» klubi 19 yoshli nemis vingeri Adin Lichinani transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano o'zining Telegram-kanalida xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, turinliklar futbolchini «Bavariya»dan sotib olgan. Shu bilan birga, myunxenliklar Lichinaning kelajakdagi sotuvidan 30 foiz ulushni saqlab qoladi.
Adin Lichina «Bavariya»ning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Unga «Real», «Barselona», «Leyptsig» va Dortmundning «Borussiya»si ham qiziqish bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303