"Inter Mayami" Meksika terma jamoasi hujumchisini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 504

«Inter Mayami» klubi hujumchi Xerman Berterameni safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Ma'lum qilinishicha, MLS vakili 27 yoshli futbolchi uchun «Monterrey» klubiga 15 million dollar (12,6 million evro) to'lagan. Bu Florida klubi tarixidagi eng qimmat ikkinchi transfer hisoblanadi. Faqatgina yarim himoyachi Rodrigo De Polni «Atletiko»dan sotib olish (15 mln evro) bundan qimmatroq bo'lgan.
Berterame Argentinada tug'ilgan. U 2019 yildan buyon Meksika klublari — «Atletiko San-Luis» va «Monterrey» safida to'p surgan. Joriy mavsumda Meksika oliy ligasida 24 o'yinda 13 ta gol urgan.
2024 yildan boshlab Xerman Meksika milliy jamoasi sharafini himoya qila boshladi: 8 o'yin, 2 gol.



Bosh sahifaga
365