"Napoli" hujumchisi La Ligaga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450

Belgiyalik hujumchi Siril Ngonge "Napoli"dan "Espanol"ga o'tdi. Hujumchi Ispaniyada 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o'ynaydi.
Kataloniya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, "Espanol"da ham futbolchini sotib olish imkoniyati mavjud.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmini "Torino"da ham ijara asosida o'tkazdi. U 23 ta liga va Italiya kubogi o'yinida maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246