“Bashakshehir” Shomurodovni to'liq sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 776

Istanbulning “Bashakshehir” klubi Eldor Shomurodovni to'liq sotib oldi. Klub shartnomada belgilangan 2,7 million evrolik sotib olish bandini faollashtirdi.
Shuningdek, Shomurodov kelgusida boshqa klubga transfer qilingan taqdirda, “Roma” klubi bitim summasining 10 foiziga egalik qiladi.
O'zbekiston terma jamoasi sardori “Bashakshehir” safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan hamda Turkiya Superligasining joriy mavsumida to'purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 5 million evroga baholagan.
Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov 2021 yil yozida “Jenoa”dan “Roma”ga ko'chib o'tgan. U Rim klubi safida jami 85 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
30 yoshli Eldor Shomurodov “Roma” va “Bashakshehir” klublaridagi faoliyati, shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasidagi etakchilik roli tufayli 2025 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Bosh sahifaga
361