Alvares Evropadagi antirekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

"Atletiko" hujumchisi barcha musobaqalarda ketma-ket 10ta o'yinda gol ura olmayapti. So'nggi gol 9 dekabr kuni EChLda PSV darvozasiga kiritilgandi (3:2).
Bugun argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatining 22-turidan o'rin olgan "Levante"ga (0:0) qarshi bahsda gol ura olmadi.
Alvares La Ligada ketma-ket 11 o'yindan beri gol ura olmayapti - bu uning 2022 yil yozida Janubiy Amerikadan ko'chib o'tganidan beri Evropa chempionatlaridagi eng yomon golsiz seriyasidir.
Xulian 2024 yilda "Manchester Siti" safida APLda 10 ta o'yinda gol ura olmagan o'zining avvalgi antirekordini yangiladi.
Oxirgi marta Alvares La Ligada 1 noyabr kuni - "Sevilya"ga qarshi o'yinda (3:0) gol urgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361