Lukman «yashil chiroq yoqdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

Ademola Lukman "Atalanta"dan "Atletiko"ga o'tadi.
Avvalroq, klublar 28 yoshli hujumchining transferi bo'yicha kelishib olgani ma'lum bo'lgandi. Endi futbolchining o'zi ham transferga rozilik berdi, deb xabar beradi Sky Sport.
Bitim summasi 36 million evroni tashkil etishi aytilmoqda, shuningdek, 4 million evro miqdorida bonus to'lovlari ko'zda tutilgan.
Nigeriyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275