"Roma" "Bavariya" futbolchisini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish bo'yicha muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

"Roma" "Bavariya"ga hozirda "Selta" sharafini himoya qilayotgan Brayan Saragosani ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqdi.
Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Muzokaralar davom etmoqda: "Selta"ga tovon puli to'lash sharti bilan ijarani muddatidan oldin to'xtatish va myunxenliklardan sotib olish optsiyasi bilan yangi ijara masalasi muhokama qilinmoqda.
Ispaniyalik vinger transferga qiziqish bildirmoqda.
La Liganing joriy mavsumida 24 yoshli Saragosa 19 ta o'yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
333