“Real” EChL guruh bosqichida 9,2 million evrodan mahrum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1014

Madridning “Real” klubi Evropa Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichida 9,2 million evro miqdoridagi mukofotdan quruq qoldi. “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Benfika”ga qarshi uchrashuvlardagi mag'lubiyatlar sabab “qirollik klubi” 6,3 million evrodan mahrum bo'ldi.
Qayd etilishicha, so'nggi turda turnir jadvalida uchinchi o'rindan to'qqizinchi pog'onaga tushib ketgani oqibatida “Real” yana 1,9 million evro yo'qotdi. Natijada “qirollik klubi” 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun beriladigan 2 million evro o'rniga, pley-off (saralash) bosqichiga chiqqani uchun atigi 1 million evro mukofot puli oldi.
Manbaga ko'ra, agar Ispaniya grandi 1/8 final yo'llanmasi uchun o'tkaziladigan pley-off bosqichidayoq musobaqani tark etsa, u holda klub yana 11 million evrodan ayrilishi mumkin. Shu bilan birga, umumiy bosqich yakunlariga ko'ra “Real” 39 million evro daromad olgan.
Pley-off bosqichida “qirollik klubi” Portugaliyaning “Benfika” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Agar jamoa ushbu uchrashuvda g'alaba qozonsa, 1/8 finalda “Sporting” yoki “Manchester Siti” bilan to'qnash keladi.

Bosh sahifaga
298