Fernandesh "Manchester Yunayted"ga "so'nggi imkoniyat"ni berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23560

Yarim himoyachi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ga "so'nggi imkoniyat"ni berdi - joriy mavsum oxirigacha. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 31 yoshli Fernandesh "deyarli hech qanday sababsiz" jamoa tarkibida yurishdan charchagan. Shu bilan birga, Brunu hali ham "Yunayted" bilan sovrin yutishni orzu qilmoqda.
Avvalroq matbuotda Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"dan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalikka jamoaning katta vazifalarni hal qila olmasligi yoqmayapti.
"Manchester Yunayted" so'nggi bor 2013 yilda Angliya chempioni bo'lgandi.
"Qizil iblislar" safida Brunu Fernandesh Angliya kubogi va Liga kubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309