Kataloniyada Reshfordning «ikkinchi nafasi» ochildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 722

Hujumchi Markus Reshfordning "Manchester Yunayted"ga qaytishini tasavvur qilish qiyin. Bu haqda The Telegraph sahifalaridagi materialda aytiladi.
Qayd etilishicha, Reshford Kataloniyada "ikkinchi nafas"ni olgan. Sabablar orasida: Rafinya, Erik Garsiya, Voytsex Shesni va Lamin Yamal bilan yaxshi munosabatlar, plyajga piyoda borish mumkin bo'lgan masofada yashash, baliq oviga qiziqish, padel o'ynash. Markus ispan tilini o'rganmoqda va o'zini juda yaxshi his qilmoqda.
Markus Reshford "Barselona"da ijarada o'ynamoqda. "Ko'k-anorranglilar" safida ingliz 31 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan va sheriklariga 12 ta golli uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313