Luis Enrike "PSJ"dagi darvozabonlar o'rtasidagi raqobat haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 626

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabon pozitsiyasidagi raqobat haqida gapirdi. Parij jamoasida asosiy tarkib uchun Matvey Safonov, Lyuka Shevale va Renato Marin raqobatlashmoqda.
"Bu borada faqat bir narsani aytishim mumkin: bunday uchta darvozabonim borligidan xursandman. Menga barcha pozitsiyalardagi raqobat yoqadi. Bu zamonaviy futbol. Har doim o'zgartirish mumkin bo'lgan narsalar bor - men bunga tayyorman. Takror aytaman, bunday darajadagi uchta darvozabonim borligidan juda mamnunman," - dedi Enrike jurnalistlarga.
1 fevral, yakshanba kuni "PSJ" Frantsiya chempionatida "Strasburg" mehmoni bo'ladi. G'alaba qozonilsa, parijliklar ochkolar bo'yicha "Lans"ni ortda qoldirib, turnir jadvalidagi birinchi o'rinni qaytarib oladi.

Bosh sahifaga
324