«Barselona»ning yana bir iqtidorini tortib olishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 655

"Nyukasl" "Barselona"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Gile Fernandes xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchini "Borussiya Dortmund" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Barselona" Fernandesni olib qolmoqchi.
Yarim himoyachi "Barselona B" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda Gile Fernandes 13 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, kataloniyaliklar safini Dro tark etgandi. 18 yoshli futbolchi "PSJ"ga o'tib ketdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319