"MYu" darvozaboni Kurtua darajasiga chiqmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 591

"Manchester Yunayted"ning belgiyalik darvozaboni Senne Lammens "Real" golkiperi Tibo Kurtua haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Tibo Kurtua belgiyalik darvozabonlar jahon maydonida qanchalik yuksaklikka ko'tarila olishiga yorqin misol bo'la oladi.
Umid qilamanki, men o'z faoliyatimni to'g'ri rivojlantira olaman va vaqt o'tishi bilan shu darajaga chiqaman", - dedi 23 yoshli darvozabon.
Lammens joriy mavsumda mankunianliklar safida 18 ta o'yinda 25 ta gol o'tkazib yubordi va 3 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309