Matetaning "Milan"ga transferiga bir jihat to'sqinlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514

Hujumchi Jan-Filipp Mateta qishki transferlar oynasining so'nggi kunlarida "Kristal Pelas"ni "Milan"ga almashtirishi mumkin. 28 yoshli frantsuz allaqachon "rossonerilar" bilan kelishuvga erishgan, ammo bitta muammo bor. London klubi Matetaga o'rinbosar topmaguncha uni qo'yib yubormaydi. Bu haqda The Times yozmoqda.
Aytish kerakki, o'tgan yili "Kristal Pelas" so'nggi pallada Mark Gexini "Liverpul"ga qo'yib yubormagandi, chunki ular futbolchiga o'rinbosar topishga ulgurmagandi. Gexi oxir-oqibat qishda boshqa klubga - "Manchester Siti"ga o'tdi.
Bu mavsumda Jan-Filipp Mateta 34 ta o'yinda maydonga tushib, o'nta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309