Entso Fernandes "Chelsi"dan yaxshiroq shartnoma talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 501

"Chelsi"ning argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandes klub bilan yaxshilangan shartlar asosida qayta shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Nizaar Kinsella xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Entso jamoaning so'nggi o'yinlari yangi shartnoma muhokamasini oqlaydi, deb hisoblaydigan bir necha futbolchilaridan biri hisoblanadi. Agentlar almashganidan so'ng, Entsoning yangi vakillari "Chelsi" rahbariyatiga sharoitlarni yaxshilash bo'yicha muzokaralarni boshlash istagida ekanliklarini bildirishdi.
"Chelsi" Entso Fernandesni 2023 yilda "Benfika"dan 121 million evro evaziga sotib olgandi. Joriy mavsumda 25 yoshli xavbek barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'nta gol urdi va to'rtta assist muallifi bo'ldi.
Yarim himoyachining "Chelsi" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yil yozigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
300