Frank "Arsenal" bilan derbiga ikki muhim futbolchining safga qaytishiga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 871

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank Pedro Porro va Risharlisonning qaytish muddatlari haqida gapirdi. Mutaxassis har ikki futbolchi 22 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Arsenal" bilan derbiga qaytishiga umid qilmoqda.
"Bu ideal stsenariy bo'lishi mumkin va u amalga oshishi ham mumkin. Ammo o'yinga yaqinlashganimizda biroz ko'proq ma'lumotga ega bo'lamiz," - deya Frankning so'zlarini keltiradi Spurs Army.
Joriy mavsumda Porro barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi va beshta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Risharlison hisobida 31 ta o'yin, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284