"Everton" Grilish bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 574

Qanot hujumchisi Jek Grilish "Manchester Siti"dan "Everton"ga to'laqonli transfer qilinishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Yuqoridagi manbaga ko'ra, "Everton" og'ir jarohat olganiga qaramay, ijara muddati yakunlanganidan keyin ham Grilishni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" vingerni "irislar" safiga qo'yib yuborishga tayyor, chunki klub uning yuqori maoshidan qutulmoqchi.
Ta'kidlanishicha, Grilishning oyog'i sinishi liverpulliklar bosh murabbiyi Devid Moyes uchun muammo emas.
"Everton" 30 yoshli Grilishni joriy mavsum avvalida "Manchester Siti"dan ijaraga olgan edi. Uning hisobida 22 ta o'yin, ikkita gol va oltita assist bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264