"Beshiktosh" "Liverpul"ning ikki futbolchisini qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 555

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi gretsiyalik 29 yoshli himoyachi Konstantinos Tsimikasni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi "Liverpul"ga tegishli, mavsum boshida Italiyaning "Roma" klubiga ijaraga berilgan. Bu haqda futbol insayderi Santi Auna yozmoqda.
Qayd etilishicha, "Beshiktosh" hali o'z qarorini o'zgartirib, "Latsio" vakili Nuno Tavareshni afzal ko'rishi mumkin. Yakuniy qaror ikki kun ichida qabul qilinishi kerak.
Bundan tashqari, turk klubi mersisaydliklardan gruziyalik 25 yoshli darvozabon Georgiy Mamardashvilini ijaraga olishni taklif qilgan. "Liverpul"ga shartnomani uzaytirish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijara asosida 2 mln evro taklif qilingan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301