Premer-liganing bu mavsumdagi eng omadsiz transferlari aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 552

"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Denni Mrfi Premer-liganing bu mavsumdagi eng omadsiz transferlari ikki nafar shvetsiyalik hujumchi bo'lganini aytdi. Bular "Arsenal"dan Viktor Dyokeresh va "Liverpul"dan Aleksander Isak. Merfining ta'kidlashicha, ikkala hujumchi ham ular uchun to'langan katta summalarni oqlay olmagan.
Dyokeresh "Arsenal"ga Portugaliyaning "Sporting" klubidan 73 mln evro evaziga o'tdi. Shvetsiyalik futbolchi klub safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Aleksandr Isakning "Nyukasl"dan transferi "Liverpul"ga 125 mln funtga tushdi va APL tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Hujumchi klub safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
301