Benzema Evropa va MLS o'rtasida tanlov qilishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 633

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi hujumchisi Karim Benzema jamoani tark etishga qat'iy qaror qilgan. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 38 yoshli frantsuz Evropaga qaytish yoki MLSga ko'chib o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Benzemaning "Al-Ittihod" bilan shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi va futbolchi yangi shartnoma imzolash niyatida emas. Avvalroq, hujumchi shartnomani uzaytirish taklifini nomunosib deb hisoblagani uchun maydonga tushishdan bosh tortgandi.
Joriy mavsumda Benzema barcha turnirlar bo'yicha 21 ta o'yinda maydonga tushdi va 16 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300