«PSJ» Mbappeni olimpiya o'yinlariga qo'yib yubormoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

"PSJ" rahbariyati hujumchi Kilian Mbappening Tokio-2020 olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi. Jamoa Frantsiya futbol federatsiyasiga murojaat qilib, hujumchini olimpiadaga qo'yib yubormasligini ma'lum qildi. Bu haqda L'Equipe xabar tarqatdi.
Avvalroq 21 yoshli futbolchi Tokio-2020ga borishi mumkin bo'lgan Frantsiya olimpiya terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxatiga kiritilgan edi.
Eslatib o'tamiz, olimpiadaning futbol musobaqasi 22 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda bo'lib o'tadi. Agar Frantsiya terma jamoasi Evro-2020 finaligacha etib borsa va Mbappe olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etsa, Kilian yangi mavsum oldidan dam olish uchun deyarli imkoniyatga ega bo'lmaydi.

Bosh sahifaga
247