Italiya klubi "Komo" forvardini ijaraga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

Huquqlari "Komo"ga tegishli bo'lgan hujumchi Patrik Kutrone mavsumning bahorgi qismida "Montsa" safida to'p suradi.
Bu haqda Italiya B Seriyasida ishtirok etuvchi klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Ijara muddati 2026 yilning iyuniga qadar belgilangan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning avgust oyida futbolchi "Parma"ga ijaraga berilgan va hujumchi 17 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan edi. Shuningdek, forvard avvalroq "Vulverxempton", "Valensiya" va Italiyaning boshqa bir qancha jamoalarida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280