Boks. Fanat Qahramonov iordaniyalik raqibini mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz Fanat Qahramonov -75 kilogramm vazn toifasida saralash bosqichida ringga ko'tarildi.
Yurtdoshimiz dastlabki davrada mezbon sportchi Osama Majid bilan ro'baro' keldi. 3 raund davomida to'liq ustunlikka erishgan Qahramonov ikkinchi davra yo'llanmasiga ega chiqdi. Hakamlarning barchasi Fanatning g'alabasini e'tirof etishdi — 5:0.
Qahramonov 5 mart, payshanba nimchorak final bosqichida Samoa davlati vakili, musobaqada 3-raqam ostida saralangan Jensen Poutuaga qarshi ringga ko'tariladi.
Manba: olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250