"Manchester Siti" va yana besh klub "River Pleyt" himoyachisini kuzatib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 708

"River Pleyt" markaziy himoyachisi Lautaro Rivero Evropa klubiga o'tishi mumkin.
El Crack Deportivo xabariga ko'ra, 22 yoshli argentinalik futbolchini Madridning "Atletiko", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Yuventus" va "Strasburg" klublari faol kuzatib bormoqda. Ta'kidlanishicha, Riveroning shartnomasida uning tovon puli 100 million evro etib belgilangan.
Joriy mavsumda Rivero Argentina chempionatida ikkita o'yinda maydonga tushdi.
Riveroning "River Pleyt" bilan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
447