Litsenzion musobaqani g'alaba bilan boshladik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenzion musobaqa start oldi. Hamyurtimiz Yodgoroy Mirzaeva terma jamoamiz vakillari orasida birinchi bo'lib ringga ko'tarildi.
Quvonarlisi, mikroneziyalik Jennifer Chiengga qarshi jangda yurtdoshimizning qo'li baland keldi va Mirzaeva musobaqani g'alaba bilan boshlab berdi. Shu tariqa, Yodgoroy faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada sari dadil qadam tashladi.
Eslatib o'tamiz, kechki dasturda -75 kg vazn toifasida Fanat Qahramonov mezbon bokschi Osama Majidga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251