«Arsenal» Xulian Alvares uchun o'z yulduzlarini taklif qilishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 591

Londonning «Arsenal» klubi hali ham «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda.
«Matraschilar» argentinalik futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti va uning uchun katta summa so'ramoqda. TEAMtalk xabariga ko'ra, «Arsenal» bitimga o'z futbolchilari — vinger Gabriel Martinelli va hujumchi Gabriel Jezusni qo'shish variantini ko'rib chiqmoqda. Ammo ispan klubi braziliyaliklarga qanchalik qiziqishi hozircha noma'lum.
Transfermarkt portali Alvaresning narxini 100 mln evro deb baholagan. Martinellining qiymati 45 mln evro, Jezusniki esa 20 mln evro.
Mish-mishlarga qaraganda, 26 yoshli jahon chempioni so'nggi paytlarda «Atletiko»ni tark etish haqida jiddiy o'ylayapti. Unga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
354