Gnabri «Bavariya»ning taklifiga yakuniy javobini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

Serj Gnabrining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi yarim yildan so'ng tugaydi. Myunxen klubi vingerni yo'qotishni istamaydi va unga 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuv taklif qildi. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli futbolchi bu taklifni ma'qullagan va tomonlar hamkorlik shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan.
Nemis o'yinchisining maoshi yiliga taxminan 15 mln evrogacha qisqartiriladi. Joriy mavsumda Serj Gnabri Vensan Kompani jamoasida barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
329