Rosenor "Chelsi"ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
41 yoshli mutaxassis tayinlanganidan beri «ko'klar» olti o'yin o'tkazib, beshta g'alaba qozondi va bir marta mag'lub bo'ldi. Bugun Rosenor jamoasi o'z maydonida «Vest Xem»ni qabul qiladi.
«Barqarorlikka erishish uchun hali ko'p narsani to'g'rilashimiz va ishlashimiz kerak. Lekin futbolchilar g'oyamizga ishonayotganini, uni qo'llab-quvvatlayotganini ko'ryapman. Eng muhimi — biz birgalikda nimalarga qodir ekanimizni katta ishtiyoq bilan kutyapmiz», — dedi Rosenor klub matbuot xizmatiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296