Arteta Saliba va Timberning holati bo'yicha ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachilar Vilyam Saliba va Yurrien Timberning joriy holati haqida fikr bildirdi.
Ikkala futbolchi ham kichik jarohatlar sababli Chempionlar ligasida «Qayrat»ga qarshi o'tgan oldingi uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi.
«Ularda hammasi joyida. Saliba va Timber so'nggi paytlarda juda ko'p o'ynashdi, kichik jarohatlar ham bor edi. Shu bois ularga dam berish muhim edi. Umid qilaman, yaxshi mashq qilishadi va «Lids»ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishadi», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
457