"Manchester Siti" futbolchini muddatidan oldin ijaradan qaytarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

Yarimhimoyachi Sverr Nyupan "Midlsbro"dan "Manchester Siti"ga muddatidan oldin qaytishi mumkin. "Shaharliklar" 19 yoshli futbolchining holatidan norozi: u Chempionshipning joriy mavsumida atigi uch marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Jurnalist Saymon Baykovskiga ko'ra, norvegiyalik futbolchi yaqin kunlarda chaqirib olinishi, ammo darhol boshqa klubga ijaraga ketishi ehtimoli yo'q emas.
Sverr Nyupan "Manchester Siti"ga o'tgan yilning yozida Norvegiyaning "Rusenborg" klubidan ko'chib o'tgan edi. Istiqbolli xavbekning transferi Angliya premer-ligasi grandiga 15 mln evroga tushdi. Futbolchining shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376