Dyumfrisning "Liverpul"ga qanchaga tushishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

"Liverpul" Milanning "Inter" klubi o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.
"Qizillar"ning niderlandiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi. U jarohat olgan Jeremi Frimpongning o'rnini egallashi mumkin.
Sky Sport xabariga ko'ra, "neradzurrilar" lateralni sotishdan kamida 30 mln evro ishlab olishmoqchi. Aytgancha, mersisaydliklar hozircha aniq taklif berishmadi.
Denzel Dyumfris joriy mavsumda Kristian Kivu jamoasi safida 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
320