Sterling shoshilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Raxim Sterling bir necha kun oldin «Chelsi»ni tark etib, erkin agent maqomiga ega bo'ldi. Sky Sports xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi yangi jamoa tanlashga shoshilmayapti. U shartnoma taklif qilayotgan klublar bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda.
Ma'lum qilinishicha, Sterling ancha vaqtdan beri ilk bor o'z kelajagi to'liq o'z qo'lida ekanini his qilmoqda. Hujumchi barcha variantlarni, jumladan, xorijdagi takliflarni ham ko'rib chiqishga tayyor.
Qayd etilishicha, Raximning vakillari Angliya, Italiya, Frantsiya va Germaniya klublari bilan muzokaralar o'tkazgan.
Transfermarkt portali Sterlingning bozor qiymatini 5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326