Arteta Raysning APLdagi yutug'iga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21480

Londonning «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Deklan Raysning yutug'i haqida fikr bildirdi. U 27 yoshiga kelib APLda 300 ta o'yin o'tkazdi.
«Uning yoshida bunga erishgan futbolchilar juda kam. Bu uning barqarorligi va professionalligini ko'rsatadi. Bu darajada o'ynashning o'zi katta yutuq, ammo u 300 ta o'yin davomida namoyish etgan o'yin sifati va barqaror harakatlari ham juda muhim», — deya Artetaning so'zlarini keltiradi «Arsenal» rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Rays joriy mavsumda ham «kanonirlar» markazining asosiy figurasi bo'lib qolmoqda. APL doirasida u 4 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330