Arteta "Siti"ning qishki transferlariga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL chempionligi uchun asosiy raqib hisoblangan «Manchester Siti»ning qishki transferlariga munosabat bildirdi. Manchester klubi «Bornmut»dan Antuan Semeno va «Kristal Pelas»dan Mark Gexini tarkibiga qo'shib oldi.
«Bu ularning ishi. Men ular nima qilishini va so'nggi 10–15 yil ichida nima qilganini yaxshi bilaman. Shuning uchun, albatta, hayron emasman. Ular g'alaba qozonishni istaydi va bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi», — deya Artetaning so'zlarini «Arsenal» matbuot xizmati keltirdi.
Eslatib o'tamiz, APLning 23 turi yakunlariga ko'ra, «Arsenal» «Manchester Siti»ni to'rt ochkoga ortda qoldirib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
329