Endrik o'z kelajagi haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 735

Hujumchi Endrik o'z kelajagi haqidagi savolga javob berdi. 19 yoshli braziliyalik futbolchidan amaldagi ijara shartnomasi tugagach, keyingi mavsumda ham «Lion»da qolishi mumkinmi, deb so'rashdi.
«Nima bo'lishini faqat Xudo biladi. U menga qolishni aytadimi yoki yo'q — hech kim bilmaydi. Ertangi kun nima olib kelishini hech kim oldindan ayta olmaydi», — deya Endrikning so'zlarini keltiradi L’Equipe.
«Lion» Endrikni qishki transfer oynasida Madridning «Real» klubidan ijaraga olgan. Braziliyalik futbolchi frantsuz jamoasi safida uchta o'yin o'tkazib, to'rtta gol va bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.
«Lion» navbatdagi uchrashuvini 1 fevral kuni Frantsiya chempionati doirasida o'z maydonida «Lill»ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
376