"Yuventus" va "Bolonya" futbolchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2116

"Yuventus" va "Bolonya" o'zaro futbolchi almashishi mumkin.
Fabritsio Romanoga ko'ra, turinliklar shvetsiyalik 25 yoshli o'ng qanot himoyachisi Emil Xolmga qiziqmoqda, "byankonerilar" muzokaralarda oldinga siljishga erishdi.
"Bolonya"ni "Yuve" himoyachisi Joau Mariu Netuning nomzodi qoniqtirmoqda, tomonlar 26 yoshli portugaliyalik uchun bitim formulasini muhokama qilmoqda. Bu ikkita ijara bo'lishi mumkin.
Xolm bu mavsum A Seriyada 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joau Mariu Italiya chempionati-2025/26da 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta sariq kartochka ishlab oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
362