Nkunku "Milan"ni tark etib, A Seriyaning boshqa grandiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1934

"Milan" forvardi Kristofer Nkunku "Roma"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, Nkunku Jan-Filipp Mateta bilan shartnoma imzolagan taqdirda "Milan"ni tark etishi mumkin. Avvalroq, "rossonerilar" "Kristal Pelas"ning 28 yoshli hujumchisi transferini 30 million evroga kelishib olgani ma'lum bo'lgandi.
Qayd etilishicha, Nkunkuga "Roma"dan tashqari yana bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda.
Nkunku 2025 yilning yozida "Milan"ga o'tgandi. U A Seriyaning joriy mavsumida 16 ta o'yinda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
393